17 iyu 09:18
Yangiliklar
Dzyudo
Qizilsoyda Osiyo va jahon chempionatiga tayyorgarlik boshlandi FOTOREPORTAJ
O'zbekiston o'smirlar hamda yoshlar terma jamoasi oldinda turgan ikki nufuzli musobaqaga tayyorgarlikning asosiy bosqichini boshladi.
Yoshlarimiz 20-21 iyul kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rishyapti. SHuningdek, 10-13 avgust kunlari Ekvadorning Guayakil shahri mezbonlik qiladigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ham dzyudochilarimizning ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda Kamol Murodov murabbiyligidagi dzyudochilarimiz Toshkent viloyatining Krasnogorsk shaharchasi yaqinidagi tog'li Qizilsoy hududida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishyapti. Ushbu mashg'ulotlar bevosita Osiyo va jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beryapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar