15 may 07:46
Yangiliklar
Qizlarimiz barcha vazn toifalarida Osiyo Kubogi-2022 g'olibi bo'lishdi FOTOGALEREYA
Baluan SHolak nomidagi sport saroyida o'tkazilayotgan musobaqaning ikkinchi kuni ham O'zbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi. Hamyurtlarimiz kechagi bellashuvlarda 4 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza, jami 12 ta medal qo'lga kiritishdi.
Terma jamoamizning bu muvaffaqiyatiga qizlarimiz munosib hissa qo'shishdi. Ular xuddi birinchi kuni bo'lgani kabi barcha vazn toifalarida chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi.
Ikkinchi kungi qahramonlarimiz:
Oltin medallar
-90 kg: Farrux Madartov
-63 kg: Layloxon Yo'ldosheva
-70 kg: Tuygul Hamroeva
+70 kg: Sevinch To'raqulova
Kumush medallar
-90 kg: Boburjon Normurodov
+90 kg: Elnur Xolmo'minov
-70 kg: Barchinoy Qodirova
+70 kg: Mohlaroyim To'xtamisheva
Bronza medallar
-81 kg: Mirjahon Suvonov
-90 kg: Amirbek Raupov
-90 kg: Alisher Samanov
+90 kg: Mahmudjon Mahsudov
Fikrlar