08 fev 19:10
Yangiliklar
Qizlarimiz Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlik ko'rishyapti
Ushbu yig'in qizlarimiz uchun 3-5 mart kunlari poytaxtimiz mezbonligida o'tkaziladigan Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tab beryapti. Mashg'ulotlar zalda, shuningdek ochiq havoda (kross) tashkil etilmoqda.
Tajribali dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova esa individual tarzda shug'ullanyapti. U 16-18 fevral kunlari Isroilda o'tkaziladigan Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etadi. Qolgan qizlarimiz Toshkent "Katta Dubulg'a" musobaqasiga hozirlik ko'rishyapti.
Ayni shu soniyalarga qadar Tel-Aviv "Katta Dubulg'a" turnirida qatnashish istagini bildirgan davlatlar soni 56 taga etgan. Jami 428 (236 erkak, 192 ayol) nafar dzyudochi musobaqa uchun ro'yxatdan o'tkazilgan.
Fikrlar