So’nggi yangiliklar

17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0 08:27Никита Цветков Италиядаги халқаро турнирда икки марта шоҳсупадан ўрин олди 0 19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0

26 dek 22:44
Yangiliklar

SHaxmat

Qizlarimizdan Umida Omonova kuchli beshlikda!

Samarqand shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha jahon chempionatining birinchi kuni qizlarimizning ishtiroki ancha yaxshi bo'ldi.

Bugun rapid yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan 4 ta turning 3 tasida g'alaba, 1 tasida durang qayd etgan Umida Omonova o'zbekistonlik shaxmatchilar orasida kunning eng yaxshi natijasini ko'rsatdi. Yaqindagina yoshlar o'rtasida blic yo'nalishida Osiyo chempioni bo'lgan Omonova 3,5 ochko bilan 5-o'rinni egallagan holda peshqadamdan yarim ochkoga ortda qolmoqda. 

Hindistonlik Hampi Koneru, ukrainalik Anna Muzichuk, rossiyalik Valentina Gunina, Katerina Lagno singari jahon chempionlari 4 imkoniyatdan 3 ochko jamg'arishdi. Hindistonlik yana bir jahon chempioni Harika Dronovalli esa 2 ochko bilan 48-pog'onada bormoqda. Yaqindagina 14 yoshgacha shaxmatchilar orasida jahon chempioni bo'lgan Afruza Hamdamova 2 ochko bilan 49-o'rinni egallab turibdi. 

AQSH sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova 3,5 ochko bilan 4-o'ringa joylashdi. Uch opa-singil grossmeysterlarning kenjasi hisoblangan Gulruhbegim 3 g'alaba va 1 durang qayd etdi. Bolgariyalik Nurgyul Salimova va xitoylik Ju Jiner yuz foizlik natija - 4 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Ertaga rapid bo'yicha bahslar davom ettiriladi. 

Suratda Gulruhbegim Tohirjonova (AQSH)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing