03 jan 12:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Qo'lqoplarini oktagonda qoldirib, faoliyatini yakunlagan UFC jangchisi yana qaytdi
Amerikalik 36 yoshli aralash yakkakurash ustasi Deymon Jekson (23-8-1 MMA, 6-6-1 UFC) jang qilishda davom etadi.
U o'tgan yilning noyabr oyida Nyu-Yorkda o'tkazilgan UFC 390 turniri doirasida hamyurti Jim Millerga birinchi raundda mag'lub bo'lib, shundan so'ng qo'lqoplarini echgan holda oktagon o'rtasida qoldirgandi.
"Men hali tugatmadim, yigitlar. Odatdagidek kuniga ikki-uch marta sport zalida shug'ullanyapman. Men hali ham shu biznesdaman. Yuz foiz aminman-ki, o'sha kecha men ruhiy jihatdan charchagan edim, haqiqiy kuchga muhtoj edim.
SHuning uchun, men o'z maqsadlarim sari intilishni davom ettiraman. Men UFC'dan boshqa joyda jang qilmoqchi emasman. Boshqalarning shartnomalari menga qiziq emas", dedi Jekson.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar