24 fev 10:11
Yangiliklar
![](/upload/storage/206831_220.jpg)
Qo'lqopsiz kechgan Emelyanenko - Jeff Monson jangi to'liq davom etdi + FOTO
"Rossiya AQSHga qarshi" nomi ostida tashkil etilgan oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida bo'lib o'tdi. Qo'lqopsiz jang qoidasi asosida tashkil etilgan turnirda rossiyalik taniqli MMAchi Aleksandr Emelyanenko AQSH vakili Jeff Monsonga qarshi ringga chiqdi. Monson 2015 yilda Rossiya pasportini olgan va hozirda u Sochi shahri deputati hisoblanadi.
Uch raundga belgilangan jang to'liq davom etdi va yakunda hakamlar bir ovozdan Emelyanenkoning g'alabasini taminlashdi. Birinchi raundning o'rtalarida Monson nokdaun holatiga tushib qoldi. Keyingi raundlarda Aleksandr muvaffaqiyatini rivojlantirib, yakunda haqli ravishda g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Aleksandr Emelyanenko Hardcore Fighting Championship ligasidagi debyutini g'alaba bilan boshladi.
Malumot uchun, kechagi jang Emelyanenko uchun revansh maqomida edi. 2012 yilning noyabr oyida M-1 Challenge 35 turniri doirasida o'tkazilgan ilk jangda Monson Emelyanenkoni ikkinchi raundda bo'g'ib qo'ygandi.
Fikrlar