29 dek 22:22
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qo'qon sheri" Amirxon Alixo'jaev tajribali raqibga qarshi og'ir jang o'tkazdi, natijani aniq kutmagansiz!
Engil vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Amirxon Alixo'jaev Toshkentda o'tkazilayotgan Octagon 68 turnirida ishtirok etdi.
Qo'qonda tug'ilgan 26 yoshli sportchiga bu safar Braziliya vakili Elismar Lima raqib bo'ldi.
3 raundlik jang kutilganidek, muddatidan oldin yakunlandi. Ammo natija kutilmagan bo'ldi. Garchi jang Amirxonning faolligi bilan boshlangan bo'lsa-da, yakunda Lima uchinchi raund davom etayotgan bir pallada bo'g'ish usuli orqali zafar quchdi.
SHunday qilib, Amirxon Alixo'jaev faoliyatidagi 16-jangida 5-mag'lubiyatini qabul qildi. Qariyb 30 ta g'alabasi mavjud bo'lgan Lima esa bugun Toshkentda 31-g'alabasini nishonladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar