27 apr 18:38
Yangiliklar

Qoyil! Firdavs Hasanov Belarusda bir kunda ikkita jang o'tkazdi
Musobaqa doirasida yarimengil vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Firdavs Hasanov ham oktagonga ko'tarildi.
Ahamiyatlisi, Hasanov turnir doirasida ikkita jang o'tkazib, har ikkisida ham zafar quchdi. Dastlabki jang nokaut bilan, ikkinchisini esa sabmishen usulida muddatidan avval yakuniga etkazdi. U ikkinchi jangida Belarus vakili Nikita Rachkovdan ustun keldi.
"Maqsad sari yana bir qadam oldinga qo'ydik, Alhamdulillah. Uzoq vaqt, og'ir mehnat va sabr... Bir kun kelib, bu o'z samarasini beradi. Muhimi ishonch! Xeyterlar esa xeyterligicha o'z joyida qolaveradi!", deya g'alabasiga munosabat bildirgan yurtdoshimiz.
SHu tariqa, 31 yoshli Firdavs Hasanovning rekordi 12-5-0 ko'rinishiga keldi. Hsanov bir necha yildan buyon Amerika Qo'shma SHtatlarida istiqomat qilib, okean ortida mashg'ulotlarini olib boradi.
Fikrlar