22 noy 13:19
Yangiliklar
Qoyil! Usik Entoni Joshuani Jeyk Pol bilan jangga tayyorlaydi
"Meni Usik jamoasi bilan mashg'ulotlarga taklif qilishdi va biz allaqachon ajoyib mashg'ulotlarni o'tkazdik. U dunyodagi eng yaxshilardan biri. SHuncha narsaga erishgan odam qanday ishlashi haqida tasavvurga ega bo'lish - bu fenomenal xodisa. Bu ajoyib va juda murakkab tajriba", - dedi britaniyalik og'ir vaznli bokschi bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.
SHuningdek, Jeyk Polga qarshi jangda 10 karra favorit sifatida qaralayotgan Joshua ham bo'lajak jangga jiddiy yondashishini va raqibiga past baho bermasligini malum qildi.
"Men bunga jiddiy qarayman. U g'olib va psixologik jihatdan kuchli. Ruhiy jihatdan u Tayson Fyuridan kuchliroq. SHuning uchun, men uni jiddiy qabul qilaman va tayyorgarlik jarayonida ham, jangda ham unga munosib hurmat ko'rsataman", - deya qo'shimcha qildi sobiq jahon chempioni.
Jeyk Pol va Entoni Joshua o'rtasidagi boks jangi 19 dekabr kuni AQSHning Mayamisida bo'lib o'tadi va Netflix platformasi orqali namoyish etiladi. Jang to'laligicha professional maqomda o'tadi va har ikki bokschining rekordiga natija kiritiladi.

Fikrlar