25 iyu 20:12
Yangiliklar
Sport kurashlari
Qo'ziqorin terish uchun o'rmonga ketgan Olimpiada chempionini jonsiz holda topishdi
Erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni, sport jurnalisti Aleksandr Ivanickiy Moskva viloyatidagi Veyna daryosi qirg'og'ida jonsiz holatda topilgan.
Ivanickiy 3 kun avval o'rmonga qo'ziqorin terish uchun uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan. Uning kiyimlari va qo'l telefoni Ruza daryosi bo'yidan topilgan.
Xabarda aytilishicha, Ivanickiyni qidirish ishlarini "Liza Alert" ko'ngillilar guruhi olib borgan. Ularning aytishicha, olimpiada chempioni cho'kib ketgan.
Malumot uchun, 82 yoshli Ivanickiy 1964 yilgi Olimpiada chempioni, to'rt karra jahon, bir necha bor SSSR chempioni hamda sovrindori bo'lgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar