08 fev 12:47
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025
![](/upload/storage/322119_220.jpg)
Qozog'iston 3 ta medal qo'lga kiritib ulgurdi. Qishki Osiyo o'yinlarining medallar jamg'arish reytingida qaysi terma jamoa etakchi?
SHu kunlarda Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o'yinlari davom etmoqda.
Musobaqaning bugungi bellashuvlaridan etiboran bir nechta sport turlarida medallar o'ynalmoqda.
Qo'shni Qozog'iston delegaciyasi hozirgacha 3 ta medal qo'lga kiritib ulgurdi. Qozog'istonliklar short-trek va konkida yugurish sport turlarida bittadan kumush medalga ega chiqishdi. Bundan tashqari, tog' chang'isidagi Konstantin Borcov qo'shnilarimizga ilk bronza medalini taqdim etdi.
Umumiy medallar jamg'arish reytingida esa hozircha Koreya Respublikasi 7 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilmoqda. Hozirgacha 5 davlat delegaciyalari Qishki Osiyo medallariga ega bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar