14 dek 11:02
Yangiliklar
Qozog'iston bokschilari IBA Jahon chempionatidan qancha mukofot puli ishlab olishdi?
Qozog'istonlik bokschilar jahon chempionatining 6 ta medaliga ega chiqishdi: oltin - Saken Bibosinov (54 kg), Orazbek Asilkulov (57 kg), Abilayxan Jusupov (71 kg), kumush - Sabirjan Akkalikov (75 kg), bronza - Temirtas Jusupov (48 kg) va Ertugan Zeynullinov (63,5 kg).
Jahon chempionatining 1/4 finalida mag'lubiyatga uchragan Daniyal Sabit (51 kg), Serik Temirjanov (60 kg), Sanatali Toltaev (67 kg) va Nurlan Saparbay (+92 kg) 10 000 AQSH dollariga ega bo'ldi.
IBA vada qilgan mukofot pullari taqsimoti:
CHempionlar - $300 000
Kumush medallar - $150 000
Bronza medallar - $75 000
1/4 final ishtirokchilari - $10 000
Qozoq bokschilarning mukofot pullari:
CHempionlar - $900 000
Kumush medal - $150 000
Bronza medallar - $150 000
1/4 final ishtirokchilari - $40 000
Umumiy summa - $1 mln 240 000

Fikrlar