20 dek 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'iston boksida doping mojarosi: JCH finalchisi diskvalifikaciya qilindi
2023 yilgi Jahon chempionati finalchisi Dulat Bekbauov antidoping qoidalarini buzgani uchun ikki yilga diskvalifikaciya qilindi.
Bu xabarni Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi tarkibiga kiruvchi Xalqaro Test Agentligi (ITA) elon qildi.
Bekbauov bir yil ichida uch marta doping rasmiylariga qaerda ekanligi haqida malumot bermagan, bu qoidabuzarlik doping testini o'tkazib yuborish deb hisoblanadi.
Dulatning diskvalifikaciya muddati 2025 yil 18 noyabrda boshlangan va bu u 2027 yilning 17 noyabrida yakuniga etadi. Garchi yil davomida charm qo'lqop ustasi yirik musobaqalarda qatnashmagan bo'lsa-da, uning bu yilgi barcha natijalari bekor qilindi.
Havola :
Manba : ita.sport
Fikrlar