05 dek 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'iston Osiyo chempionatida ikkinchi yo'qotishga uchradi
SHu kunlarda Tailandning CHiangmay shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi ASBC Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Qita chempionatida asosiy raqiblarimizdan bo'lgan Qozog'iston terma jamoasi yana bir yo'qotishni qabul qilib oldi.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda 54 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustasi Simbat Aliaskar 1/4 final bosqichi doirasida xitoylik Venkyan Xu bilan to'qnash keldi. Jangda Xitoy vakilasi ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Bu qozog'istonliklarning mazkur Osiyo chempionatidagi ikkinchi mag'lubiyatiga aylandi. Avvalroq, Alua Balkibekovaning jarohat tufayli musobaqani o'tkazib yuborishi xabar qilingan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar