19 jan 11:59
Yangiliklar
Qozog'iston Qishki "Universiada-2023"dagi 3-oltinini qo'lga kiritdi
Yon qo'shnilarimiz kechagi bahslarda uchinchi oltin medallarini qo'lga kiritishdi. Biatlonchilar o'rtasidagi 10 km masofaga sprint musobaqasida Bekentay Turlubekov 27:51.5 vaqt natijasi bilan oltin medalga ega chiqdi. U har ikki o'q otish maydonchasida ham bironta xatoga yo'l qo'ymadi.
CHempionga 8.3 soniya vaqt yutqazgan amerikalik Born Uestervelt kumush, yana bir qozog'istonlik sportchi Aleksandr Muxin esa bronza medaliga sazovor bo'ldi. Muxin marraga jamoadoshidan 22.2 soniya kechroq etib keldi va ikkita xatoga yo'l qo'ydi.
Biatlon. Erkaklar. Sprint. 10 km
1. Bekentay Turlubekov (Qozog'iston) — 27:51.5 (0+0)
2. Born Uestervelt (AQSH) — +8.3 (1+1)
3. Aleksandr Muxin (Qozog'iston) — +22.2 (0+2).
SHu tariqa Qozog'iston terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 3-o'ringa ko'tarilib oldi. Yaponiya juda katta farq — 14 ta oltin, 9 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan karvonboshilik qilyapti. Finlyandiya 3 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medali bilan 2-o'rinni band etgan.
Fikrlar