16 okt 07:48
Yangiliklar
Sport kurashlari
Qozog'iston terma jamoasi mashg'ulotlarni boshladi
Yunon-rim kurashi bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi karantindan keyingi umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.
Gilamda o'tkazilayotgan mashg'ulotlarni uzoq vaqt davomida karantinda bo'lgan kurashchilar katta xursandchilik bilan qarshi olishdi. O'quv-mashg'ulot yig'inida asosiy etibor texnikani oshirish, yangi usullarni o'zlashtirish, tana jismoniy tayyorgarligini talab darajasiga olib chiqishga qaratilmoqda.
SHuningdek, mashg'ulotlarda sparring kurashlariga ham alohida urg'u berilayapti. CHunki, kurashchilar deyarli yarim yil davomida faqat uy sharoitidagi jismoniy mashg'ulotlar bilan kifoyalanishgan edi. Ushbu yig'in dekabr oyida Serbiyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar