30 iyu 08:32
Yangiliklar
Sport kurashlari
Qozog'iston terma jamoasining 10 nafar azosi koronavirusga chalingan
Yunon-rim kurashi bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi azolari ommaviy tarzda koronavirusga chalingani aytilmoqda.
Bu haqida bir nechta mahalliy nashrlar xabar berdi. Terma jamoaning 10 nafar azosida COVID-19 aniqlangan. Xabarda sportchilardan tashqari, bir murabbiy va shifokorning ham koronavirusga topshirgan tahlili ijobiy natija bergani aytilgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta yunon-rim kurashi bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi karantindan keyingi ilk o'quv-mashg'ulot yig'inini Talgar bazasida boshlagan edi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar