So’nggi yangiliklar

14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0

23 iyu 16:44
Yangiliklar

Dzyudo

Qozog'istondagi turnirda umumjamoa hisobida birinchi bo'ldik

Bugun Qozog'istonning SHimkent shahrida dzyudo bo'yicha kadetlar o'rtasidagi xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan KAPAL BATYR musobaqasi bu yil yubiley - yigirmanchi marotaba tashkil etildi. 2002 yilda tavallud topgan o'smirlar o'rtasidagi xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari Rossiya, Tojikiston hamda O'zbekistondan kelgan istedodli dzyudochilar tatamiga chiqishdi. 

Xalqaro musobaqa yakunlariga ko'ra dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Bugun -55 kg vazn toifasida Bahrom Boturov barcha raqiblarini engib, chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi. Bahrom finalda yana bir hamyurtimiz Igor Ipatovni mag'lub etdi. 

Eslatib o'tamiz, kecha Azizjon Ortiqov, Jaloliddin Boltaboev, Javlonbek Xayrullaev, Jahongir Mamatrahimov va Islombek Ravshanqulov o'z vazn toifalarida xalqaro musobaqa g'olibiga aylanishgan edi. 

Barcha g'olib va sovrindor dzyudochilarimiz:

-55 kg vazn toifasi

1. Bahrom Boturov

2. Igor Ipatov 

-60 kg vazn toifasi

1. Azizjon Ortiqov

2. Alimardon Omonov


-66 kg vazn toifasi

1. Jaloliddin Boltaboev

2. Jo'rabek Abdullaev 


-73 kg vazn toifasi

1. Javlonbek Xayrullaev 

3. Sanjar Pardaev  


-81 kg vazn toifasi

1. Jahongir Mamatrahimov 


+81 kg vazn toifasi 

1. Islombek Ravshanqulov 

2. Qahramon Rahmonov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing