31 iyu 16:57
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Qozog'istonlik bokschi jangsiz chorak finalga yo'l oldi
-63 kg vaznda Qozog'iston sharfini himoya qilayotgan Zakir Safiullin jangsiz chorak finalga yo'l oldi.
Nimchorak finalda Safiullinga mezbon bokschi Daisuke Narimatsu raqiblik qilishi kerak edi. Ammo yaponiyalik charm qo'lqop ustasi jarohati tufayli jang qila olmasligini malum qilgan. SHu tariqa qozog'istonlik bokschi jang o'tkazmasdan keyingi bosqichga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, Qozog'iston terma jamoasining to'rt nafar bokschisi: Zakir Safiullin, Saken Bibosinov, Abilxan Amankul va Kamshibek Konkabaev chorak finalga chiqdi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar