18 jan 16:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'istonlik bokschilar Olimpiadaga AQSHda tayyorlanishmoqda
Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi ayni paytda AQSHda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.
Florida shtatida o'tayotgan mazkur yig'inda murabbiy Marat Jakiev, Tokio-2020 Olimpiada licenziatlari Kamshibek Konkabaev, Vasiliy Levit, Bekzad Nurdauletov, Zakir Safiullin va ularning sparring sherigi Ayboldi Daurenuli ishtirok etmoqda.
Malumotlarga ko'ra, ularning mashg'uloti 30 yanvarga qadar davom etadi. SHundan so'ng qozog'istonlik bokschilar Kuba jamoasi bilan qo'shma yig'in tashkil qilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, boks bo'yicha Qozog'iston erkaklar terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga to'liq tarkibda yo'llanma olgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar