01 mar 07:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik bokschilar Parij Olimpiadasida 3 ta medal qo'lga kiritishmoqchi
Bu haqda boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirzagali Aytjanov intervyu berdi.
Qo'shnilarimiz Parij-2024 Olimpiadasida kamida 3 ta medal qo'lga kiritishni maqsad qilishgan.
"Xudo xohlasa, imkon qadar ko'proq medal olishga harakat qilamiz. Lekin kamida 1 tadan oltin, kumush va bronza medalini qo'lga kiritishimiz lozim. Buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz", - dedi Aytjanov.
Takidlash joiz, 4-12 mart kunlari Italiyaning Busto-Arsicio shahrida Olimpiya o'yinlar uchun licenzion turnir bo'lib o'tadi. Unda olti nafar qozog'istonlik bokschi Olimpiada yo'llanmalari uchun ringga chiqadi. Hozircha ularda bitta licenziya (Kamshibek Konkabaev) bor.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar