So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

30 mar 16:38
Yangiliklar

Sport kurashlari

Qozog'istonlik erkin kurashchilar ikki vaznda yo'llanmalar uchun gilamga chiqishadi

Xabar berganimizdek, 9-11 aprel kunlari Qozog'istonning Olmaota shahridagi Baluan SHolak nomidagi sport saroyida sport kurashlari bo'yicha Tokio Olimpiadasiga Osiyo kvalifikacion turniri o'tkaziladi.

Erkin kurash bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Aset Serikbaev licenzion turnirda ishtirok etuvchi ikki kurashchi nomini elon qildi. Mezbonlar 86 va 125 kg vazn toifalarida hali Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishmagan.  

"Bizga Tokioga to'liq tarkibda borishimiz uchun ikkita licenziya etmayapti. Kurashchilarimiz 86 va 125 kg vaznda yo'llanmalarni qo'lga kiritish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishadi. Biz 86 kg vaznda Qozog'iston chempioni, Osiyo chempionatining ikki karra sovrindori Azamat Dauletbekov hamda 125 kilogrammda amaldagi Osiyo chempioni Yusup Batirmurzaevga ishonch bildirdik. Osiyo chempionatini qatnashadigan tarkibni esa keyinroq elon qilamiz", - dedi Aset Serikbaev. 

Eslatib o'tamiz, Qozog'iston erkin kurash terma jamoasi 2019 yil Nur-Sultan shahrida o'tgan jahon chempionatida 57, 65, 74 va 97 kg vazn toifalarida Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing