14 dek 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik IBA Jahon chempionati g'olib va sovrindorlari davlatdan mukofot puli olmaydi. Nega?
BAAning Dubay shahrida yakuniga etgan IBA Jahon chempionatida Qozog'iston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni band etdi.
Qozog'iston qonunchiligiga ko'ra, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) tan olmagan federaciyalarga davlat tomonidan mukofot pullari berilmaydi. Bu malumotni Qozog'iston boks federaciyasi bosh kotibi Merey Akshalov tasdiqladi. XOQ tomonidan World Boxing tashkiloti tan olingan, IBA esa yo'q!
SHu bois, Qozog'iston terma jamoasi bokschilari IBA Jahon chempionatida tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan mukofot pullari bilan kifoyalanishadi. Oltin medal egalari - 300 000, kumush medal sohiblari - 150 000, bronza medal sovrindorlari - 75 000, 1/4 finalda yutqazganlar 10 000 AQSH dollarini qo'lga kiritishdi.

Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar