11 jan 22:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik MMA jangchisi o'zbek sportchisiga ketma-ket uchinchi marta "vyzov" tashladi
Qozog'istonlik aralash janglar ustasi Murad Abduraxmanov hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevga navbatdagi chaqiruvni tashladi.
"Assalom Aleykum barcha MMA muxlislari!
NFC Kazakhstan tashkiloti men va Nursulton o'rtasidagi jangni uch marta tashkil qilishga urindi. Nursulton, sen buni xohlamayapsanmi yoki iloji bo'lmayaptimi? Bir marta sen NFC12 turniriga jamoadoshing bilan tashrif buyurganding. Qodirxon kuchli jangchi edi, ammo men uni mag'lub qildim.
Nursulton, kel shu jangni o'tkazamiz. Muxlislarimizga haqiqiy jang qanday bo'lishini ko'rtsatamiz. Bu sport tomonlama qiziqish do'stim, ortiqcha hech narsa yo'q", - deb yozadi Murad Abduraxmonov.
Havola :
Fikrlar