23 mar 14:43
Yangiliklar
Og'ir atletika, Olimpiya o'yinlari
Qozog'istonlik Olimpiada chempioni 8 yillik diskvalifikaciyaga uchradi va oltin medalidan mahrum qilindi
Qozog'istonlik Olimpiada chempioni antidoping qoidalarini buzdi.
Qozog'istonlik og'ir atletikachi Nizhat Rahimov antidoping qoidalarini buzgani uchun 8 yilga diskvalifikaciya qilindi va buning natijasida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o'yinlarining oltin medalidan mahrum bo'ldi.
Sportchining oltin medaldan mahrum etilishi Qozog'istonning 2016 yilgi Olimpiya o'yinlaridagi medallar jamg'arish reytingidagi mavqeiga bevosita tasir qildi. Musobaqa yakunlariga ko'ra, Qozog'iston 3 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medali bilan 22-o'rinni egallagan edi. Mazkur holatdan so'ng mamlakat 30-o'ringa tushib ketdi.
SHu tariqa, Qozog'istonda 2016 yilgi Olimpiadaning ikki nafar chempioni bor: Daniyar Eleussinov (boks) va Dmitriy Balandin (suzish).
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar