So’nggi yangiliklar

07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:54Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 14:19"Топурия Гэтжи билан реваншга лойиқ эмас" - Арман Царукян 0 13:42Умар Кремлёвга Латвияга киришни тақиқлаб қўйишди 0 12:30"Челси" ўз юлдузини "Ливерпуль"га 100 миллион фунтга сотишдан бош тортди 0 11:49Дмитрий Биволнинг фаолиятидаги энг катта гонорар маълум қилинди 0 10:26Тарихий муваффақият: Ўзбекистон парашахмат терма жамоаси Олимпиадада илк бор бронза медалларини қўлга киритди! 0 09:45Ўсмирлар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари 0 08:35Англия Лига Кубоги. "Манчестер Сити" "Норвич Сити"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди 0 07:37Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 3-тур жуфтликлари маълум 0 20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0

18 dek 09:54
Yangiliklar

Sport kurashlari

Qozog'istonlik Olimpiada sovrindoriga qamoq jazosi belgilandi

U London Olimpiya o'yinlarida 5-o'rinni egallagan bo'lsa-da, Artur Taymazovda taqiqlangan modda aniqlanishi ortidan bronza medaliga ilinib qolgandi.

Pavlodar sudi qozog'istonlik mashhur erkin kurashchi, Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori Daulet SHabanbayga hukm chiqardi.

15 dekabr kuni sud sportchini hokimiyat vakillariga nisbatan zo'ravonlik ishlatishda aybdor deb topdi. U uch yilga ozodlikdan mahrum qilinib, jazo muddatini o'rtacha xavfsizlik koloniyasida o'tashga hukm etildi.

Tergov malumotlariga ko'ra, joriy yilning sentyabr oyida Milliy gvardiyaning uch nafar harbiy xizmatchisidan iborat patrul sportchini kechqurun kafe yonida to'xtatgan. Patrul xizmatiga erkak mast bo'lgani, shovqin-suron ko'targani va o'zini tajovuzkor tutgani haqida xabar berilgan.

Suhbat davomida SHabanbay patrul xodimlarini haqorat qilgan va kuch ishlatgan. Ulardan birini itarib yuborib, naryad boshlig'ini tepgan va yana ikki harbiy xizmatchini urgan. SHundan so'ng zo'ravon sportchi qo'lga olingan.

Qizig'i, 120 kg vazn toifasida kurashgan Daulet 2012 yilgi London Olimpiadasini 5-o'rinda yakunlagan. Erkin kurashchi mukofotlarni qayta taqsimlashdan so'ng Olimpiya o'yinlari sovrindorlari qatoriga kirgandi. 2019 yilda doping-sinamalar qayta tekshirilgandan so'ng, gruziyalik kurashchi David Modzmanashvili va Artur Taymazov (O'zbekiston) taqiqlangan moddalardan foydalangani aniqlangandi.

Barcha muhokamalardan so'ng, bu sportchilarni diskvalifikaciya etilib, ularning London Olimpiadasida ko'rsatgan natijalarini bekor qilingandi.

SHu tariqa, Daulet SHabanbay Olimpiada sovrindoriga aylangan va unga oradan 10 yil o'tib, 2022 yilda bronza medali topshirilgandi. Komil Gasemi (Eron) va Bilol Maxov shohsupaning birinchi pog'onasidan joy olgan bo'lsa, amerikalik Tervel Dlagnev qozog'istonlik bilan birga uchinchi o'ringa ko'tarilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing