So’nggi yangiliklar

10:07Мария Тимофеева Merida WTA 500 турнирида муваффақиятли старт олди 0 09:46UFC Fight Night 267. Асосий жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 09:25Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди 0 09:04UFC Fight Night 267. Co-main event ва яна бир жангда нокаут қайд этилди 0 08:43Бектемир Мелиқўзиев WBA унга ваъда берганини айтди 0 08:22UFC Fight Night 267. Молдовалик оғир вазнли жангчида ғалаба + ФОТО 0 08:01"Манчестер Сити" О'Райлининг дубли эвазига "Ньюкасл"ни мағлуб этди 0 07:40Бектемир Мелиқўзиев жангдан кейин нималар деди? 0 07:19Бектемир Мелиқўзиевнинг ганалик боксчига қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 06:52UFC Fight Night 267. Қозоғистонлик жангчида ғалаба 0 18:10UFC Fight Night 273 турнирининг асосий жанги эълон қилинди + ПОСТЕР 0 17:49Каземиро Лионель Мессининг жамоадошига айланиши мумкин 0 17:28NUR-HAS Karate сарҳадлари кенгаймоқда. Марказнинг АҚШда бўлими очилади 0 17:07Расман! Рамирес vs Бенавидес: икки вазн чемпионларининг жанги тасдиқланди 0 16:46Чимаев вазн тоифасини ўзгартириб, иккинчи UFC камари учун жанг қилади 0

03 avg 11:28
Yangiliklar

Tokio-2020

Qozog'istonlik sportchilarga beriladigan mukofot pullari elon qilindi

Rio-2016 Olimpiadasida ishtirok etadigan qozog'istonlik sportchilarga medallar uchun beriladigan mukofot pullari elon qilindi.

24.kz xabariga ko'ra, Olimpiada chempioni bo'lgan sportchi 250 ming dollar mukofot puliga ega bo'ladi. Bu hali hammasi emas. Oltin medal sohiblariga pul mukofotiga qo'shimcha tarzda 3 xonali kvartira ham sovg'a qilinadi.

Bu malumotni davlat telekanaliga bergan intervyusida Qozog'iston sport va jismoniy tarbiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Serik Jarasbaev oshkor qildi. Olimpiadaning kumush medal sohiblariga 150 ming dollar hamda 2 xonali kvartira vada qilindi. Bronza medal sovrindorlari esa 75 ming dollar va bir xonali kvartiraga ega bo'lishadi.


Malumot uchun, 2012 yili Londonda bo'lib o'tgan Yozgi olimpiya o'yinlarida ham xuddi shu tartibda pul mukofotlari taqdim etilgandi. Bu summa Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng ko'pi hisoblanadi. Taqqoslash uchun, O'zbekiston sport delegaciyasi tarkibida chempion bo'lgan sportchilarimiz 200 ming dollar mukofot puliga ega bo'lishadi.

Rio-de-Janeyroda o'tkaziladigan Olimpiadada Qozog'iston sport delegaciyasi tarkibida 104 nafar sportchi 26ta sport turida medallar uchun bahslarga kirishadi. 5-21 avgust kunlari oralig'ida o'tkaziladigan olimpiya o'yinlari dasturidan 28ta sport turi o'rin olgan bo'lib, sportchilar 306ta medallar jamlanmasi uchun bahslarga kirishishadi. 

Reyting: -2   

Fikrlar

   
03 avg 13:18:50
Aziz
Muhar foydalanuvchining fikriga javob berish
А нафиг нам Казахстанцы???
Просто информация, а что?
-1   
03 avg 11:51:12
Muhar
А нафиг нам Казахстанцы???
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing