21 mar 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik yoshlar o'rtasidagi Olimpiada chempioni avtohalokatda vafot etdi
Erkin kurash bo'yicha 2014 yilgi o'smirlar Olimpiadasi chempioni, qozog'istonlik Muxambet Kuatbek baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi.
Bu haqda uning do'sti Nurbolat Abdualiev xabar berdi.
"Muxambet bir necha kun oldin avtohalokatda vafot etdi. Sodir bo'lgan voqea uchun kim aybdor ekanligi nomalum.
Biz bu haqda kechagina bilib oldik. Hozir uning jasadini uyiga olib kelish ustida ishlayapmiz. Xudo xohlasa, ikki-uch kun ichida jasadi etkaziladi".
Tengri Sport nashri xabariga ko'ra, Muxambetning o'limi haqidagi xabar 19 mart kuni Qozog'istonning Nyu-Yorkdagi konsulligiga kelib tushgan.
2 yanvar kuni Muxambet 27 yoshga to'lgandi. 2018 yilda u professional sportni tark etgan va so'nggi ikki yil davomida Filadelfiyada yashagan.
Havola :
Manba : sportilinet
Fikrlar