06 may 16:04
Yangiliklar
Qozon "Katta Dubulg'a". Ikkinchi kunni ham medalsiz yakunladik
Bugun o'rta vazn toifasidagi dzyudochilarimiz musobaqa medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo'lidagi reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi. Bugungi belashuvlarda 4 nafar dzyudochimiz o'z omadini sinab ko'rdi. Ulardan eng yaxshi natijaga tajribali dzyudochimiz G'iyosjon Boboev erishdi. Ilk davrada reyting peshqadami, isroillik jahon chempioni Sagi Mukini mag'lubiyatga uchratgan Boboev nimchorak finalda Puero-Riko vakili Adrian Gandiaga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Takidlash joiz, O'zbekiston terma jamoasi Qozon "Katta Dubulg'a" turnirida asosan yosh tarkibi bilan ishtirok etmoqda. Bosh murabbiy Iliadis Iliadis ayni paytda asosiy tarkib bilan birga jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda. SHu bois ham natijalarda dzyudochilarimizni ortiqcha koyimaymiz.
Fikrlar