21 iyu 12:38
Yangiliklar
Sport kurashlari
Qozon, sariq sabzi bo'lmasa bo'lmas, Spalada o'zbekcha palov tayyorlandi + FOTO
Xabaringiz bor, shu kunlarda yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Polsha poytaxti Varshavadan 117 km uzoqlikda joylashgan Spala kurort shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.
Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berayotgan ushbu xalqaro yig'inda o'zbekistonlik kurashchilar bilan birga Norvegiya, Germaniya, Franciya, Xorvatiya, Vengriya, Litva, Finlyandiya, Ruminiya va SHveciya terma jamoalari ham ishtirok etyapti.
Kecha Ravshan Ro'ziqulov murabbiyligidagi "klassiklarimiz" dam olish kunini maroqli o'tkazishdi. O'zbek bo'sh bo'ldi deguncha do'ppidek osh tayyorlaydi. Evropadagi vaziyatdan kelib chiqib, Elmurat oshpaz Tasmuradov tomonidan juda ham mazali palovxonto'ra pishirildi.
Tabiiyki, sariq sabzining o'rniga qizili ishlatildi. Lekin dumba, qazi va tuxumni oshpazimiz amalladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar