10 sen 20:59
Yangiliklar
Dzyudo
Qozon zabt etildi. Dzyudo bo'yicha O'zbekiston yoshlari MDH o'yinlari g'olibi!
Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida o'tkazilayotgan birinchi MDH o'yinlarining dzyudo musobaqasi jamoalar o'rtasidagi bellashuvlar bilan o'z yakuniga etdi.
Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada Hamdo'stlikning 6 davlat terma jamoalari medallar uchun tatamiga chiqishdi. Yarim finalda MDH o'yinlari mezboni - Rossiyani 5:2 hisobida mag'lub etgan dzyudochilarimiz oltin medal uchun kechgan hal qiluvchi uchrashuvda Ozarbayjon terma jamoasidan ham ustun kelishdi - 5:3!
Ozarbayjon kumush, Rossiya va Qozog'iston terma jamoalari bronza medallari bilan taqdirlanishdi. Jamoaviy bahslarda chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan dzyudochilarimiz O'zbekiston sport delegaciyasiga umumiy hisobdagi 22-oltin medalni taqdim etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar