02 iyu 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozoq boksi "barbi"si raqibasini nokautga uchratib, kamarini himoya qildi
Ayollar o'rtasida o'ta engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi qozog'istonlik prof bokschi Angelina Lukas navbatdagi jangini o'tkazdi.
U Qozog'istonning Taraz shahrida bo'lib o'tgan boks kechasining markaziy jangida ringga ko'tarilib, CHili vakilasi Daniela Asenxoga qarshi bahs olib bordi. Har biri ikki daqiqadan iborat 10 raundlik jang Lukas egalik qilib turgan IBO chempionlik kamari uchun o'tkazildi.
Jangning oltinchi raundi yakunlangan bir pallada Asenxoning burchagi bahsni davom ettirishdan bosh tortdi. SHunday qilib, Lukas 2023 yil oktyabr oyidagi mag'lubiyat uchun Asenxodan revansh oldi.
Endi chililik charm-qo'lqop ustasi hisobida jami beshta mag'lubiyat mavjud. Lukasning yangi rekordi esa 15-1 ko'rinishida. 28 yashar Angelina IBO chempionlik kamarini 2024 yil oktyabr oyida Bangkokda qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : infrorm.kz
Fikrlar