19 jan 15:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahharov ringga qaytmoqda + FOTO
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasi IBF reytingida peshqadamlik qilayotgan Qudratillo “The Punisher” Abduqahhorov (17-0, 9 KO)ning navbatdagi jang sanasi malum bo'ldi.
Ayni paytda AQSHda mashg'ulotlarini o'tkazayotgan charm qo'lqop ustamizning bizga xabar berishicha, u 6 mart kuni ringga chiqadi. Hozircha raqib nomi aniq emas. Uning menejerlari hozirda bu borada muzokara olib borishyapti.
Eslatib o'tamiz, Qudratillo Abduqahhorov yaqinda Sempson Levkovichga tegishli "Sampson Boxing" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzlagan edi. Bokschimi Eroll Spensga tegishli bo'lib turgan IBF chempionlik kamariga rasmiy davogar ham hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar