02 fev 14:51
Yangiliklar

Qudratillo Abduqahhorov bo'lajak raqibi haqida qanday fikrda?
Mag'lubiyatsiz odimlayotgan charm qo'lqop ustamiz www.olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda bo'lajak raqibi va mashg'ulotlar haqida gapirdi.
«Jang sanasi va raqib aniq. Xaver Flores haqida avval eshitmaganman. Hozirgi kunda murabbiylarim bilan birgalikda raqibni o'rganmoqdamiz. Flores chapaqay, shuning uchun asosan chapaqay bokschilar bilan sparringlar o'tkazishga harakat qilyapmiz. Raqibni o'rganish jarayonida uning zarbasi kuchli ekanligiga guvoh bo'ldik, shundan kelib chiqqan holda himoyani kuchaytirishga alohida etibor qaratilmoqda. SHu jumladan, o'zimning ham zarbalarim kuchini oshirish ustida ishlayapmiz», - dedi Abduqahhorov.
Eslatib o'tamiz, Qudratillo Abduqahhorov ayni paytda Eroll Spensga tegishli bo'lib turgan IBF chempionlik kamariga rasmiy davogar hisoblanadi.
Sarvinoz Raxmonqulova cuhbatlashdi
Fikrlar