16 mar 20:35
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/30405_220.jpg)
Qudratillo Abduqahhorovning jangi jonli efirda namoyish etiladi
Xabaringiz bor, professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov ertaga Malayziyada o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Unga to'qnashuvda vengriyalik Laslo Tot raqiblik qiladi. Bokschimiz ushbu jangda o'zining WBS Silver kamarini himoya qiladi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, Qudratillo Abduqahhorovning jangi "Sport" telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi.
Ushbu jang translyaciyasi soat 17:00dan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar