31 jan 17:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi raqibi aniq bo'ldi + FOTO
Avvalroq bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov 13 mart kuni AQSHda jang qilishi haqida xabar qilgandik.
Kuni kecha hamyurtimizga o'sha kuni kim raqiblik qilishi aniq bo'ldi. Unga ko'ra, Abduqahhorov o'sha kuni Ankasvill shahrida Puerto-Riko vakili Xaver Floresga qarshi jang qiladi.
Kechaning markaziy jangida David Benavides Ronald Ellis bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, Qudratillo shu kungacha prof boksda 17 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut). Flores ham Qudratillo kabi 17 marotaba ringga ko'tarilgan. Faqatgina u janglarining 15 tasida g'olib bo'lgan (13 ta nokaut). 2 marotaba mag'lubiyatga uchragan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar