15 okt 13:39
Yangiliklar

Qudratillo Lipinecning fikriga munosabat bildirdi
"Jangning ko'chirilishini chempiondek qabul qildim va men 10 oktyabr kuni qilishim kerak bo'lgan ishni 24 oktyabr sanasida ham amalga oshiraveraman. Ruhan juda kuchliman va shu sababli menda muddatning o'zgarishi bilan hech qanday muammo yo'q. Tayyorgarlik ajoyib tarzda ketmoqda va men jangga 100% tayyorman. Men Jo Gussen bilan ishladim, Ellis Rashidi va Ronald Krus kabi kuchli bokschilar bilan sparringlar o'tkazdim.
"Abduqahhorovning havaskor boksda ajoyib karerasi bor, u juda ko'p jang o'tkazgan. Ringda juda tez harakat qiladi. SHu bilan birga kuchli zarbasi bor. Jismoniy holati ham ajoyib. U jangda bularning hammasini ko'rsatadi. Men u bilan masofada jang qilmoqchiman. Men yaxshi jang kutayapman. Menda uning hamma harakatlari uchun rejalar bor, nima qilib bo'lmasin g'alaba qozonaman!", - degandi Lipinec.
Biz ayni paytda Malayziyada bo'lib turgan Qudratillo bilan bog'landik va Lipinecning fikriga uning munosabati qandayligini so'radik. Abduqahhorov esa bosiqlik bilan qisqa va lo'nda javob berdi:
"Hammasini ring ko'rsatadi. Jangdan avval hamma katta gapiraveradi. Ahamiyat bermaymiz!"
Fikrlar