So’nggi yangiliklar

16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0 13:50Спорт вазири Ўзбекистон давлат спорт академияси фаолиятини намунали ташкил этишга доир тақдимот билан танишди 0 13:29WBC Сергей Богачукни рейтингнинг биринчи поғонасига қайтаради 0 13:08Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов "чўкиш"да давом этмоқда 0 12:47ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади 0 12:26US Open. Жокович ўзидан тенг баробарга ёш рақибини ютди 0 12:05Алжамейн Стерлинг янгиланган рейтингда кўтарилди 0 11:44Хабиб Нурмагомедов: "Маддаленани анчадан бери кузатаман – унинг битта камчилиги бор" 0 11:23Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди 0 11:02Собиқ UFC жангчимиз Зарруҳ Адашев "ов"га қайтмоқда + ПОСТЕР 0

25 okt 11:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Qudratillo yaponiyalik bokschi bilan muzokaraga kirishdi

Xabar berganimizdek, ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni 29 yoshli Jessi Vargas IBF tomonidan berilgan taklif, yani hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov bilan jang qilishdan bosh tortgandi.

Endi 25 yoshli Abduqahhorov va uning jamoasi boshqa raqib izlashi kerak. Hozirda Qudratilloning menejerlari yaponiyalik 31 yoshli bokschi Keita Obara bilan muzokarani boshlashdi. Abduqahhorov IBF reytingida 4-o'rinni egallab turibdi, Obara esa 6-pog'onadan joy olgan.

Malumot uchun, ushbu jang amalga oshsa, u holda g'olib bokschi yarim o'rta vazn toifasida IBF chempioni Errol Spensga qarshi ringga ko'tarilish huquqini qo'lga kiritadi. Qudratillo Abduqahhorov (15-0, 9 KOs) professional boksdagi faoliyati davomida 15ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. To'qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. 

Obara esa prof boksdagi 12 yillik faoliyati davomida 24ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 20tasida g'alaba qozongan. O'n sakkizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Uchta jangda mag'lubiyatga uchragan va etiborlisi barchasida nokautni qabul qilib olgan. Bitta jang durang bilan yakunlangan. 

Reyting:    

Fikrlar

   
25 okt 11:36:21
Dilshot Solihov
Endi tushinarli admilla rahmat charchamella!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing