So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

03 dek 19:51
Yangiliklar

Sport kurashlari

Qutlug' 60 yoshingiz muborak, Anatoliy Kasimovich!

Bugun sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi katta murabbiyi Anatoliy Ibragimov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Anatoliy Kasimovich bugun qutlug' 60 yoshini qarshi oldi. Tajribali mutaxassis so'nggi yillarda ayollar kurashi jamoamizning xalqaro musobaqalarda erishayotgan yutuqlariga o'z xissasini qo'shib kelmoqda. Murabbiy terma jamoaning har bir azosida o'ziga, bellashuvlarda g'alabaga bo'lgan ishonchini uyg'ota oldi.    

Yaqinda 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan mamlakatimizda talim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o'quv-tarbiya jarayoniga ilg'or xorijiy tajribalar, innovacion pedagogik va axborot-kommunikaciya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo'shgan munosib hissasi, o'quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o'rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi katta xizmatlari, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, har tomonlama sog'lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yo'lidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz hukumatimiz tomonidan faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.

Quvonarlisi, ular safida tajribali murabbiyimiz Anatoliy Ibragimov ham bor edi. Sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining erkin kurash bo'yicha murabbiyi Anatoliy Kasimovich Prezident farmoniga binoan "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlangandi.

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston Sport kurashlari associaciyasi rahbariyati, murabbiylar va kurashchilar nomidan bugun qutlug' 60 yoshini nishonlayotgan Anatoliy Kasimovichni muborakbod etamiz. U kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing