18 jan 11:44
Yangiliklar
RAF Ligasi yana bir Olimpiada chempioni bilan shartnoma imzoladi
Bu safar Liga gruziyalik erkin kurashchi, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, London-2012 Olimpiya o'yinlarining kumush medali sohibi Vladimir Xinchegashvili bilan shartnoma imzolanganini rasman elon qildi. Xinchegashvilidan avval ikki karra Olimpiada va jahon chempioni, rossiyalik 29 yoshli Abdulrashid "Tank" Sadulaev ham RAF ligasi bilan shartoma imzolagan edi.
"Yana bir Olimpiada chempioni bilan shartnoma imzolandi. 2012 yilda kumush, 2016 yilda oltin. Vladimir Xinchegashvili RAF ligasida", - deyiladi tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Malumot uchun, 34 yoshli Vladimir Xinchegashvili Londonda erkin kurash bo'yicha 55 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida Olimpiya o'yinlarining kumush medalini qo'lga kiritgan. Oradan to'rt yil o'tib Rio-de-Janeyroda 57 kilogrammgacha bo'lgan vaznda Olimpiada chempioni bo'lgan. SHuningdek, gruziyalik kurashchi jahon chempionati g'olibi va uch karra Evropa chempioni hisoblanadi.

Fikrlar