05 dek 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Rafael Dos Anos Toni Fergyusonni jangga chorladi
Braziliyalik amerikalik jangchidan revansh olishga tayyor.
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Rafael Dos Anos Toni Fergyusonga qarshi jang o'tkazmoqchi ekanligini aytdi.
"May oyida Beneil Dariush bilan jang bo'yicha muzokaralar olib bordik - keyin u taklifni qabul qildi. Bu jang meniki bo'lishi kerak edi, ammo jarohatdan endigina tuzalayotgandim. Natijada, bu jangni bekor qilishga qaror qildim.
Toni Fergyuson bilan o'rtamizda yaxshi revansh bo'ladi. Men Toni bilan noto'g'ri vaqtda jang qilganman, 2016 yilda bu jangni o'tkazmasligim kerak edi. SHuning uchun men u bilan yana jang qilmoqchiman”, - dedi Dos Anos MiddleEasy nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar