08 jan 11:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Rafael Fiziev nihoyat o'zi istagan raqibga ega bo'ldi
Engil vaznlik UFC jangchisi Rafael Fiziev nihoyat istagan raqibiga ega chiqdi.
Engil vazn reytingida 11-o'rinni egallab turgan Fiziev navbatdagi jangini vaznning sobiq chempioni, hozirda reytingning oltinchi pog'onasida borayotgan Rafael dos Anosga qarshi o'tkazishi mumkin.
Hozircha jang qachon va qaysi UFC oqshomda bo'lishi haqida malumot berilmagan. To'qnashuv katta ehtimol bilan 18 fevral kungi turnirning markaziy jangiga aylanishi mumkin.
Malumot uchun, Rafael Fiziev UFC'da beshta g'alabali seriya qayd etib kelmoqda. Uning raqibi esa 2020 yilda engil vaznga qaytib, Pol Felderni mag'lub etdi va shundan so'ng hali oktagonga ko'tarilmadi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar