26 sen 19:37
Yangiliklar
Rafael Fiziev og'ir jarohat olganini malum qildi
Jangchi o'z ijtimoiy tarmoqlari orqali tizza bo'g'imining to'liq sinishi jarohatini olgan.
"Qo'llab turganingiz uchun rahmat. Ayni damda sizlarning xabarlaringizga javob beradigan ahvolda emasman. Tizzamni to'liqligicha sindirib oldim. Tiklanib olib, katta kuch bilan qaytaman. Bu ish ikkinchi raundda sodir bo'lganiga qattiq afsusdaman. Jangga 100 foiz tayyor edim va chiroyli jang namoyish qilmoqchi bo'lgandim", - deb yozadi Fiziev.
Eslatib o'tamiz, Fiziev ikkinchi raundda oyoqlaridan bir qancha zarbalar o'tkazib yubordi va Gamrot yana bir qancha zarbalar yo'llab, dangni yakunlagandi. Fiziev esa jangdan keyin o'zi arenani yolg'iz o'zi tark eta olmadi.
Prof faoliyatida 12 jangda g'alaba qilgan Fiziev uchinchi marta mag'lub bo'ldi. Gamrot esa faoliyatidagi 23-g'alabasiga erishdi.
Fikrlar