03 jan 09:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Rafael Fiziev Toni Fergyusonga "vyzov" tashladi
Qirg'izistonlik UFC jangchisi Rafael Fiziev amerikalik Toni Fergyusonni oktagonga chorladi.
"Biz hammamiz sizning jangingizni ko'rdik. Men UFC`ga allaqachon bu masalada javob berdim, men o'sha kuni bo'shman", — deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Fiziev.
Eslatib o'tamiz, Fiziev oxirgi jangini UFC Vegas 44 turnirida Yangi Zelandiya vakili Bred Riddellga qarshi o'tkazib, raqibini uchinchi raundda nokautga uchratgandi.
Avvalroq, dos Anos ham Fergyusonga revansh jangi o'tkazishni taklif qilgandi. Dos Anos va Fergyuson o'rtasidagi ilk jang 2016 yilning noyabr oyida o'tkazilgan bo'lib. o'shanda Toni g'alaba qozongandi. Fergyuson oxirgi uchta jangida mag'lubiyatga uchragan. U so'nggi bor 2019 yilda Donald Serroneda ustun kelgandi.
Havola :
Fikrlar