12 iyu 10:35
Yangiliklar
![](/upload/storage/226499_220.jpg)
Rafael Fiziev: "Top-5 o'zgarishi kerak"
"Katta ehtimol bilan men engil vazn reytingida ettinchi o'ringa ko'tarilaman. Matuesh Gamrot sakkizinchi o'rinda joylashgan va shu boisdan ham ushbu jangning tashkil etish imkoniyati yuqori.
Bu sport turida hozircha hech narsaga erishmadim, ammo Top-5 jangchilari yangi avlod vakillari bilan kurashishi kerak, deb o'ylayman. Men ham, Mateush Gamrot ham, Top-5`dagilar bilan jang qilishimiz kerak.
Boisi, kuchli beshlik anchadan buyon o'zgarishsiz kelyapti. Unga yangi qon, yangi singan burunlar kerak", - deya Fizievning so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
Eslatib o'tamiz, Rafael Fiziev so'nggi bor 10 iyul tongida, braziliyalik Rafael dos Anosga qarshi, Mateush Gamrot esa 26 iyun tongida Arman Carukyanga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Rafael Fizievning navbatdagi raqibi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar