22 fev 20:29
Yangiliklar
Sport kurashlari
Rahmonov va Ro'zimov bronza uchun gilamga chiqishdi
Nyu-Deli shahrida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kunini bitta medal bilan yakunlaydigan bo'ldik.
Xabar berganimizdek, terma jamoamizga bugungi kun hisobidan yagona medalni Ilyas Bekbulatov taqdim etdi. -70 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ilyas Osiyo chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi.
Afsuski, bronza medali uchun kurashgan qolgan ikki kurashchimizdan omad yuz o'girdi. -57 kg vaznli Sardor Ro'zimov qirg'izistonlik Bekbolot Mirzanazar Uuluga 0:7, Abbos Rahmonov (65 kg) esa eronlik polvon Amirxusayn Azim Maqsudiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar