03 okt 11:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirov: "Allohdan qo'rqing!"
Aralash yakkakurash ustamiz Ramazon Temirov doping sabab bir yilga chetlatilgan edi.
Hamyurtimiz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va ayrim blogerlarga noto'g'ri xabar tarqatmaslikka chaqirdi.
"Odam shunchalik ham ahmoq bo'ladimi? Yaqinda shaxsan o'zim test natijalarini elon qilgandim. Bunday noto'g'ri xabarlarni tarqatishdan oldin Allohdan qo'rqing", - deb yozdi Temirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Temirovda trimetazidin (TMZ) - yurak etishmovchiligi va boshqa yurak kasalliklarida qo'llaniladigan, taqiqlangan UFC ADP ro'yxatidagi gormonal va metabolik modulyatorlar sinfiga mansub dori vositasi aniqlangandi. TMZ UFC ADP qoidalariga muvofiq har qanday holatda taqiqlangan.
Havola :
Fikrlar