25 sen 13:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirov: "Keyingi yil mart oyida jang qila olaman, sababi..."
O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirovning bu yil oktagonga qaytishi haqida xabarlar chiqqan edi.
Ammo, aralash yakkakurash ustamiz doping sabab UFC tomonidan olti oylik "majburiy tatil" oldi.
"Doping nazorati, analiz tahlillarining javoblari chiqdi. Oxirgi topshirgan doping testim ham Alhamdulillah, toza chiqdi. Menga bu yil emas, keyingi yil uchun jang berishdi. Mart oyidan jang qilishni boshlar ekanman. Qonun-qoidalarni buzganim uchun olti oyga jazo berishdi. In SHa Alloh, keyingi yil mart oyidan janglarga qaytamiz. SHunday bo'lishi kerak ekan, bo'ldi", deydi Temirov.
Avvalroq, Temirovning qon tahlilidan taqiqlangan modda topilgandi.
Havola :
Manba : instagram.com/ramazan_temurov
Fikrlar