23 sen 10:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Ramazon Temirov topshirgan doping-test natijasi chiqdi + FOTO
UFC jangchisi Ramazon Temirov bir necha kun avval doping uchun tahlil topshirgan edi.
"Alhamdulillah, doping test javoblari toza chiqdi. Insha Alloh, oz qoldi", - deya test natijasini o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qoldirgan Temirov.
Malumot uchun, hamyurtimizning iyul oyida qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi Asu Almabaevga qarshi o'tkazilishi kerak bo'lgan jangi aynan doping sabab bekor qilingandi. O'shanda Ramazonning doping sinamasida taqiqlangan modda borligi aniqlangandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar