23 apr 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Ramazon Temirov UFC'dagi keyingi jangini qachon o'tkazishi malum
Taniqli aralash yakka kurash ustamiz Ramazon Temirov o'zining navbatdagi jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
U iyul oyida UFC promoushenidagi uchinchi jangini o'tkazadi. Bu haqda sportchining murabbiyi Jasur Alijonov Olamsport.com caytiga malum qildi.
"Buni hali hech kimga aytmagan edim. Muzokaralar boshlangan. Abu-Dabidan jang olyapmiz. Hozir kutyapmiz, iyul oyiga jang berishlari kerak", dedi Jasko Koach.
Malumot uchun, 29 yoshli Ramazon Temirov UFC'da 2 ta jang o'tkazib, har ikkisida raqiblaridan ustun kelgan. O'tgan yili doping sabab bir yilga chetlatilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar